3 Avgust 2021
1966
Rayhona Qodirova ham yarim final ostonasida bahsdan chiqdi
Afsuski, delegatsiyamiz hisobida yana bir yo‘qotish. Bokschimiz Rayhona Qodirova chorak final bosqichida amaldagi jahon chempioniga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
-60 kg vazn toifasida bahs olib borgan bokschimiz braziliyalik Beatriz Ferreyraga qarshi ringga ko‘tarildi. Tajriba bobida raqibasidan ancha ustun bo‘lgan Ferreyra yakunda o‘z g‘alabasini tantana qilib, yarim finalga yo‘l oldi. Afsuski, bugun uchinchi bokschimiz ham yarim final uchun kechgan bahsda Olimpiadani tark etmoqda. Qolgan vakillarimizga omad tilab qolamiz.