3 Avgust 2021
1988
Barchasini bitta xato hal qildi
Tajribali kurashchimiz Rustam Assakalov kun avvalida muxlislarimizga katta umid berdi. Biroq chorak final bahsida xorvatiyalik kurashchiga qarshi bahsning 1-bo‘limida yo‘l qo‘yilgan birgina xato barchasini hal qildi. Ivan Xuklekning ishlab olgan 4 ochkosidan so‘ng kurashchilar boshqa ochko olishmadi. Endi bor umidimiz Xuklekning finalga yo‘l olishidan. Shundagina Assakalov bronza medali uchun kurashni davom ettiradi. Eʼtiborimiz markazida ushbu bellashuvdan suratlar.
Foto: Anvar Ilyasov