3 Avgust 2021 1780

Rustam Assakalov ham yarim final yo‘lida to‘xtadi

Yunon-rum kurashchimiz, ikki karra JCh sovrindori Rustam Assakalov (-87 kg) Tokio-2020 Olimpiadasida chorak final bahsini o‘tkazdi. Unga ushbu bosqichda xorvatiyalik Ivan Xuklek raqiblik qildi.

Murosasiz kechgan kurashda xorvatiyalik kurashchi 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. Endi Xuklek finalga yetib borgan taqdirda Assakalov bronza medali uchun kurashish imkonini saqlab qoladi.

Text to speech