3 Avgust 2021 1651

Rustam Assakalovning irodali g‘alabasidan suratlar

Bugun bahs olib borayotgan vakillarimiz orasida yunon-rum kurashchimiz Rustam Assakalov (-87 kg) o‘zining irodali va chiroyli g‘alabasi bilan muxlislarimizni xursand qilib turibdi. Gruzin polvoniga qarshi kechgan bahsda vakilimiz hisobda ortda qola turib, bellashuvda burilish yasay oldi va keyingi davraga yo‘l oldi. Endi u chorak finalda xorvatiyalik Ivan Xuklekka qarshi gilamga chiqadi.

Foto: Anvar Ilyasov

Text to speech