3 Avgust 2021 1807

Assakalov jahon chempioni ustidan g‘alaba qozondi

Yunon-rum kurashchimiz Rustam Assakalov Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarini g‘alaba bilan boshlaydi. -87 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan polvonimizga gruziyalik kurashchi raqiblik qildi.

2019-yil -82 kg vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Lasha Gobadzega qarshi kechgan bellashuvda Assakalov hisobda orqada qolayotganiga qaramay o‘zida iroda namoyish eta oldi va yakunda g‘alabani ilib ketdi. Endi u keyingi davrani Xorvatiya va AQSH vakillari o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi o‘tkazadi.

Text to speech