3 Avgust 2021
2063
Shahobiddin Zoirov chorak finalda ishtirokini to‘xtatdi
Boks bo‘yicha Rio-2016 chempioni, hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov Tokio-2020 Olimpiadasidagi yurishini chorak finalda to‘xtatmoqda.
Bokschimiz yarim final ostonasida filippinlik Karlo Palamga qarshi ringga ko‘tarildi. Ikkinchi raund o‘tib borayotgan bir vaqtda shifokorlar Zoirovning jarohati sabab bellashuvni davom ettirishga ruxsat berishmadi.
Bu vaziyatda qoidaga ko‘ra o‘sha paytgacha olingan ochkolar hisob-kitob qilinadi. Afsuski, bu borada ustunlik filippinlik bokschi tomonida bo‘ldi va vakilimizning mag‘lubiyati qayd etildi.