3 Avgust 2021 1743

Ruslan Kurbanov omadsizlikka uchradi

Erta tongdan vakillarimiz orasida Ruslan Kurbanov yengil atletikaning uch hatlab sakrash yo‘nalishi bo‘yicha yurtimiz sharafini himoya qildi.

Afsuski, vakilimiz berilgan imkoniyatlardan unumli foydalana olmadi va musobaqani natijasiz yakunladi. Shu tariqa 2019 yil Osiyo chempioni bo‘lgan Kurbanov uchun joriy Olimpiada muvaffaqiyatsiz o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Kurbanov joriy mavsum 17.03 metr natija bilan o‘zining shaxsiy rekordini yangilashga erishgan edi.

Text to speech