2 Avgust 2021 2199

Gulnora Saidovani tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Bosh kotibi Gulnora Tulqunovna Saidova tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Gulnora Saidova 1971-yil 2-avgust kuni tug‘ilgan. 1992-yil O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport institutini tamomlagan. 2001-2008-yillar davomida O‘zbekiston maxsus Olimpiada direktori, 2008-2014-yillar davomida Butunjahon maxsus Olimpiada direktorlar kengashi aʼzosi lavozimida faoliyat olib borgan. 2019-yildan O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Bosh kotibi sifatida ishlab kelmoqda.

Milliy Olimpiya qo‘mitasi Gulnora Tulqunovnani tavallud ayyomi bilan tabriklab, uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech