2 Avgust 2021 2057

Suhrob Xo‘jayev Olimpiadalardagi eng yaxshi natijasini qayd etdi

Bugun erta tongdan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari doirasida yengil atletikaning bosqon uloqtirish yo‘nalishi bo‘yicha saralash bahslariga start berildi. Unda hamyurtimiz Suhrob Xo‘jayev o‘z omadini sinab ko‘rdi.

“A” guruhida ishtirok etgan vakilimiz 71.26 metr natija qayd etdi. Bu uning uchun Olimpiadalarlagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Qayd etish joiz, Xo‘jayev avval London-2012 va Rio-2016 Olimpiadalarida ham qatnashib, 65.88 va 70.11 metr natija ko‘rsatgan edi.

Shu tariqa ushbu guruhda Suhrob so‘nggi pog‘onada (15) qolmoqda. Bir ozdan so‘ng “D” guruhi vakillarining chiqishi yakunlangach, atletimizning yakuniy o‘rni aniq bo‘ladi.

Foto: Alimurod Mamadaminov

Text to speech