1 Avgust 2021
2919
Kumushxon Fayzullayeva Tokio-2020 Olimpiadasini oltinchi pog‘onada yakunladi
Og‘ir atletika bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan vakilamiz Kumushxon Fayzullayevaning yakuniy natijasi maʼlum.
-76 kg vazn toifasida ishtirok etgan Fayzullayeva dast ko‘tarishda 101 kg, siltab ko‘tarishda 126 kg, umumiy hisobda esa 227 kg natija qayd etdi. Hamyurtimiz bu bilan Olimpiadani oltinchi pog‘onada yakunladi. Bu vazn toifasida ekvadorlik Neysi Daxomes umumiy hisobda 263 kg ko‘rsatkich bilan g‘alaba qozondi. Kumush medal AQSH, bronza medali esa Meksika vakilalariga nasib etdi.
Og‘ir atletika, -76 kg:
1. Neysi Daxomes (Ekvador) – 263 (118+145) kg;
2. Katerin Nye (AQSH) – 249 (111+138) kg;
3. Aremi Zavala (Meksika) – 245 (108+137) kg . . .
6. Kumushxon Fayzullayeva (O‘zbekiston) – 227 (101+126) kg.