1 Avgust 2021 1837

Bahodir Jalolov yarim finalga yo‘l olib, Olimpiada medalini naqd qildi

Delegatsiyamiz Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining boks dasturida dastlabki medalini naqd qilib qo‘ydi. Bu medalni Bahodir Jalolov jamoamiz hisobiga keltirmoqda.

Hindistonlik Satish Kumarga qarshi kechgan jangda Jalolov yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. Bilasiz, boks bellashuvlarida yarim finalda imkoniyatni boy bergan sportchi bronza medali bilan taqdirlanadi. Biroq biz Jalolovdan oltin medal kutamiz, albatta!

Endi Jalolov final yo‘llanmasi uchun buyuk britaniyalik Freyzer Klark va fransiyalik Murod Aliyev o‘rtasidagi jang g‘olibiga qarshi ringga ko‘tariladi.

Text to speech