1 Avgust 2021 1819

Elmurat Tasmuradov birinchi davrada imkoniyatni boy berdi, bronzaga umid qilamiz

Xabaringiz bor, bugundan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari doirasida yunon-rum kurashi ustalari bahslarga kirishdi. Vakillarimiz orasida birinchi bo‘lib Elmurat Tasmuradov kurash olib bordi.

-60 kg vazn toifasida kurashayotgan polvonimiz dastlabki davrani ukrainalik Lenur Temirovga qarshi o‘tkazdi. Murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan bahs ukrainalik kurashchining 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Endi Temirov finalga yetib borgan taqdirda Tasmuradov bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoladi.

Text to speech