1 Avgust 2021 1891

Mo‘minjon Abdullayevning ilk g‘alabasi uchun 31 soniya kifoya qildi

Bir oz avval yana bir klassik kurashchimiz Mo‘minjon Abdullayev (130 kg) Tokio-2020 Olimpiadasi doirasidagi o‘z uchrashuvini o‘tkazdi. Hamyurtimiz birinchi davrada estoniyalik Artur Vitininga qarshi gilamga chiqdi.

Tajriba bobida ustun bo‘lgan raqibimiz ushbu bahsni o‘z foydasiga hal qilish uchun atigi 31 soniya sarfladi xolos. Yakuniy hisob 8:0. Endi Abdullayev keyingi davrada Chili va Tunis vakillari o‘rtasidagi bahs g‘olibi bilan kurashadi.

Text to speech