31 Iyul 2021 1579

Armen Bagdasarovni tabriklaymiz!

Bugun mustaqil O‘zbekistonning yozgi Olimpiadalardagi ilk sovrindoni, dzyudo ustasi Armen Bagdasarov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Armen Yuryevich Bagdasarov 1972-yil 31-iyul kuni Toshkentda tug‘ilgan. Dzyudo bo‘yicha Atlanta-1996 yozgi Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sohibi. Eʼtiborlisi, aynan ushbu medal mustaqil O‘zbekistonning yozgi Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritgan ilk yutug‘i hisoblanadi. Armen Yuryevich ko‘p yillar davomida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyatida samarali mehnat qilgan. Hozirda Xalqaro dzyudo federatsiyasida Hakamlar hayʼati direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvonlari hamda “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Armen Bagdasarovni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech