3 Dekabr 2025 62

Yurtimizda ilk bor o‘tkazilgan Prezident Olimpiadasining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan Prezident Olimpiadasining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning musobaqa g‘oliblari, sovrindorlari va barcha ishtirokchilariga tabrigini o‘qib eshittirdim.

Qutlovda ta’kidlanganidek, saralash bosqichlarida ishtirok etgan 100 mingdan ziyod yoshlar orasidan finalgacha yetib kelgan qariyb 3 ming nafar eng iqtidorli sportchilarimizning bellashuvlarini butun xalqimiz katta qiziqish va hayajon bilan kuzatdi. Erishilgan g‘alabalar, rekord natijalar Yangi O‘zbekistonda yuksak salohiyatli olimpiya zaxiralari yetishib kelayotganidan dalolat beradi.

Yosh chempionlarimiz namoyish etgan iroda va mahorat kelgusida O‘zbekiston bayrog‘ini jahon arenalarida yanada baland ko‘tarishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Tabrikda saralash va final bosqichlarini yuksak darajada tashkil etgan hududlar rahbarlari, vazirlik va idoralar, sport federatsiyalari, o‘quv muassasalari jamoalari, volontyorlar va sport muxlislariga minnatdorlik izhor etildi.

Prezidentimiz qutlovida sportchilarga kelgusi musobaqalarda yanada yorqin g‘alaba va natijalar tiladilar.

Manba: Press_Secretary_Uz

Text to speech