29 Noyabr 2025 155

Oʻsmir gandbolchilarimiz ham jahon chempionati yoʻllanmasiga sazovor boʻlishdi

Tailandning Pattaya shahrida gandbol boʻyicha Trophy kubogining Osiyo mintaqasi boʻylab oʻtkazilgan qizlar oʻrtasidagi bellashuvlari nihoyasiga yetdi. Ahamiyatlisi, unda ishtirok etgan Oʻzbekiston U17 terma jamoasi ham barcha raqiblarini magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Hamyurtlarimiz final bellashuvida Hindiston jamoasini 40:33 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi. Ushbu gʻalaba evaziga mazkur jamoamiz kelasi yil 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Eslatib oʻtamiz, bundan avval oʻtkazilgan U19 toifasidagi bellashuvlarda ham yurtdoshlarimiz bosh sovrin va mundial yoʻllanmasiga ega chiqishgan edi.

Text to speech