29 Noyabr 2025
226
Stol tennisi boʻyicha “Pro-Tur” musobaqasining ochilish marosimi oʻtkazildi
Bugun poytaxtimizda stol tennisi boʻyicha “Pro-Tur” musobaqasi start oldi. 30-noyabrga qadar davom etadigan musobaqaning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport boʻyicha vakili Odil Abduraxmanov, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari, shuningdek, sport turlari boʻyicha federatsiyalar rahbariyati ishtirok etdi.
Ochilish marosimida nutq soʻzlagan mamlakat stol tennisi federatsiyasi raisi Sh.Kudbiyev yurtimizda ushbu sport rivojini yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham toʻxtalib oʻtdi.
Ushbu turnirda 12 ta klub qatnashmoqda. Mazkur musobaqa yangi iste’dodlarni kashf etish va ularni rivojlantirish uchun ajoyib platforma vazifasini bajarmoqda.






