28 Noyabr 2025
189
Bugun dzyudochilarimiz Abu-Dabi turniridagi ishtiroklarini boshlashadi
Bugun BAAning Abu-Dabi shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi musobaqa start oladi. 52 mamlakatdan 400 nafarga yaqin sportchi qatnashayotgan mazkur turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi 10 nafar dzyudochi bilan ishtirok etadi.
Dasturga koʻra, bugun yengil vazn toifasida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi. Unda bellashadigan hamyurtlarimiz va ularning ilk raqiblari bilan tanishing:
-48 kg: Laziza Haydarova — Amber Gershes (Niderlandiya)
-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova — Roza Dertyash (Vengriya)
-52 kg: Muhayyo Ahmatova — Yuna Gerasimova (Rossiya)
-57 kg: Shukurjon Aminova — Ganxuyag Enxjin (Mo‘g‘uliston)
