27 Noyabr 2025 192

Buxoroda dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi

24-26-noyabr kunlari Buxoro shahri dzyudo boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qildi. Unda Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.

Qiziqarli bellashuvlar yakunida Toshkent shahri 4 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, xorazmlik dzyudochilar 2 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza bilan ikkinchi boʻlishdi. Kuchli uchlikni mezbonlar 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yopib berishdi.

Text to speech