26 Noyabr 2025
180
Oybek Kasimov Respublika turnirida sovrindor boʻlgan velosportchilarni taqdirladi
“Olimpiya shaharchasi”dagi muhtasham trek majmuasida velosportning ushbu yoʻnalishi boʻyicha turli yosh toifalaridagi Respublika turniri oʻtkazilmoqda. MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov “Prezident Olimpiadasi” doirasida tashkil etilayotgan mazkur koʻrgazmali bahslarining gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimida qatnashdi.
