31 Iyul 2021 1468

Elnur Abduraimov chorak finalda!

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida Elnur Abduraimov o‘zining ikkinchi jangini muvaffaqiyatli o‘tkazib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Nimchorak finalda unga tojikistonlik tajribali bokschi Bahodur Usmonov raqiblik qildi. Raundlardagi aniq va kuchli zarbalar yakunda hakamlarning baholarida aks etdi. Shu tariqa Elnur Abduraimov bu bellashuvni yaqqol ustunlik bilan yakunlab, chorak finalga yo‘l oldi. Yarim final uchun u armanistonlik Xovxannes Bachkov qarshiligini sindirishi kerak.

Text to speech