25 Noyabr 2025
192
Bolajonlar uchun “Laser Run” musobaqasi oʻtkazildi
Poytaxtimizdagi “Tashkent City Park” majmuasida “Laser Run” ommaviy musobaqasi boʻlib oʻtdi. Yuzlab yosh sport ixlosmandlarini oʻzida jamlagan mazkur musobaqada MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, shuningdek, Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Durdona Rahimova hamda Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev ishtirok etishdi.
Qayd etish joiz, “Laser Run” zamonaviy beshkurash sportining ikki yoʻnalishini oʻz ichiga olgan boʻlib, unda ishtirokchilar maʼlum masofani yugurib oʻtishadi va lazerli toʻpponchalarda nishonni urishlari kerak boʻladi.






