Dzyudochilarimiz Niderlandiya jamoasiga qarshi qo‘shimcha raundgacha kurashdi
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aralash jamoaviy bellashuvda chorak final yo‘llanmasi uchun bahs olib bordi.
Qiziqarli kechgan bellashuvning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlandi. Oltin ochko uchun kechgan qo‘shimcha raundda +90 kg vazn toifasi tanlab olindi. Unda Bekmurod Oltiboyev Xenk Grolga shidolar bo‘yicha imkoniyatni boy berib qo‘ydi va raqib jamoa keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Shu tariqa, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini ushbu nuqtada yakunladi. Fursatdan foydalanib, musobaqa davomida taqdim qilgan ajoyib kurash uchun vakillarimizga tashakkur aytib qolamiz. Eslatib o‘tamiz, ushbu Olimpiya o‘yinlarida -90 kg vazn toifasida kurashgan Davlat Bobonov delegatsiyamiz hisobiga bronza medalini taqdim qildi.