24 Noyabr 2025
181
Ruslan Nurudinovni tabriklaymiz!
Bugun oʻzbek ogʻir atletikasining yorqin vakillaridan biri, Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlari gʻolibi va rekordchisi, Osiyo oʻyinlarining oltin va bronza medallari sovrindori, uch karra jahon va besh karra Osiyo chempioni, “El-yurt hurmati” ordeni hamda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” va “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari sohibi Ruslan Nurudinov tugʻilgan kunini nishonlamoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi atletimizni bugungi ayyom bilan qutlab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.
