31 Iyul 2021 1427

Shahobiddin Zoirov chorak finalda!

Bokschimiz Shahobiddin Zoirov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining navbatdagi kun bellashuvlarini g‘alaba bilan boshlab berdi. Vakilimiz Kabo-Verde vakilini mag‘lub etib, chempionlikni himoya qilish yo‘lida muhim qadam tashladi.

Nimchorak final bosqichi doirasidan o‘rin olgan mazkur bellashuv Varela Danielga qarshi o‘tdi. Shubhasiz, tajriba va mahorat bobida ancha ustun bo‘lgan Zoirov bahsni o‘z foydasiga hal qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, vakilimiz chorak finalga yo‘l olmoqda. Yarim final uchun kechadigan bellashuvda bokschimizga Filippin va Jazoir vakillari o‘rtasidagi bahs g‘olibi raqiblik qiladi.

Text to speech