23 Noyabr 2025 235

Yosh gandbolchilarimiz jahon chempionatiga yoʻllanma olishdi

Tailandda ganbol boʻyicha IHF TROPHY kubogining Osiyo mintaqasidagi bahslari yakunlandi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan Oʻzbekiston U17 qizlar jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Final bahsida qizlarimiz hindistonlik tengqurlarini 48:47 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi. Qayd etish joiz, ushbu gʻalaba jamoamizga kelasi yil tashkil etiladigan jahon chempionati yoʻllanmasini ham taqdim etdi.

Text to speech