22 Noyabr 2025
215
Talaba yoshlar sogʻlom turmush tarzi targʻibotida faol qatnashishdi
Toshkent tibbiyot universitetida talabalar ligasi sport musobaqalarining ochilish marosimi hamda talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan “5 tashabbus Olimpiadasi” bellashuvlarining gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash tadbiri tashkil etildi. Oliy oʻquv yurtlari talabalarida sportga qiziqishini oshirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga qaratilgan mazkur tadbir koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.
Unda Sport vaziri Adham Ikramov va MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etib, talabalarning sportdagi faolligini qoʻllab-quvvatlash, yangi mavsumga munosib tayyorgarlik koʻrish hamda “5 tashabbus Olimpiadasi” musobaqalarining ahamiyatini ta’kidlab oʻtdilar. Gʻolib va sovrindorlar minbarga taklif etilib, ular uchun maxsus sovrinlar topshirildi.








