22 Noyabr 2025 240

Riyod-2025 VI Islom birdamligi oʻyinlarining tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtdi

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri mezbonlik qilgan Islom birdamligi oʻyinlari rasmab yakuniga yetdi. Kechki dasturda tantanali yopilish marosimi oʻtkazilib, mezbonlar barcha ishtirokchi davlatlarga minnatdorlik izhor etdilar.

Shuningdek, marosimda Islom birdamligi sport assotsiatsiyasi bayrogʻi navbatdagi Oʻyinlarni oʻtkazadigan Malayziyaga tantanali ravishda topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, Riyod-2025 Oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi 29 ta oltin, 35 ta kumush va 32 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi.

Text to speech