30 Iyul 2021 1424

Muxtasar Tohirova ikkinchi startiga tayyorlanmoqda

O‘q otish sporti bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan vakilamiz Muxtasar Tohirova o‘zining ikkinchi startiga hozirlik ko‘rmoqda.

Miltiqdan otish dasturida ishtirok etayotgan vakilamiz dastlabki kunda 10 metr masofadagi bellashuvda ishtirok etgan edi. Endi u ertaga 50 metr masofadan 3 xil holatda (tik turib, o‘tirib, yotib) otish yo‘nalishida ham omadini sinab ko‘radi. Uning ushbu dasturdagi starti ertaga Toshkent vaqti bilan soat 08:00 da boshlanadi.

Text to speech