30 Iyul 2021
2098
Roksana Xudoyorova ham Olimpiada bilan xayrlashdi
Bugundan Tokio-2020 doirasida yengil atletika bahslari boshlandi. Unda vakillarimiz orasida birinchi bo‘lib uch hatlab sakrash dasturidagi vakilamiz ishtirok etdi.
Saralashning “A” guruhida ishtirok etgan hamyurtimiz Roksana Xudoyorovaning 3 urinishdan eng yaxshi ko‘rsatkichi 13.02 metrni tashkil etdi. Bu natija unga final dasturiga yo‘l olish uchun kamlik qildi. Finalga yo‘l olgan eng past ko‘rsatkich egasining natijasi esa 14.21 metrni tashkil etmoqda.