20 Noyabr 2025
78
Nyu-York shahri meri Erik Adams boshchiligidagi delegatsiya Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi
Bugun AQSHning Nyu-York shahri meri Erik Adams Sport vaziri Adkham Ikramov hamda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamrohligida Olimpiya shaharchasi majmuasida barpo etilgan sport inshootlari bilan tanishdi.
Xorijiy mehmonga shaharchadagi sport inshootlari, ularda yaratilgan sharoitlar, ushbu majmualarda nufuzli xalqaro musobaqalarni oʻtkazish imkoniyatlari bo’yicha ma’lumotlar berildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan ushbu majmua mehmonlarda yaxshi taasurot qoldirdi.
Manba: Sport vazirligi






