19 Noyabr 2025 227

“Inson faxri” taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

Ijtimoiy himoya Milliy agentligi tomonidan ilk bor “Inson faxri” milliy mukofoti yoʻlga qoʻyildi. Ushbu tadbir jamiyatning turli qatlamlarida faoliyat ishlab, mehnati, iste’dodi va ezgu amallari bilan boshqalarga yordam berayotgan fidoyi insonlarni birlashtirdi.

Tantanali marosimda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari rahbariyati ham ishtirok etdi.

“Inson faxri” — jamiyatimizni yanada yuksaltirishga hissa qo‘shayotgan insonlarni qadrlashga qaratilgan yangi an’ananing boshlanishi bo‘lib, bu tashabbus kelgusida ham mehr, e’tibor va e’tirof ruhini mustahkamlaydi.

Text to speech