19 Noyabr 2025
221
Riyod-2025: Nodir Norboyev oltin, Zahiriddin Shokirov kumush medalga ega chiqishdi
Yengil atletikaning oʻnkurash (koʻpkurash) bahslarida ishtirok etgan ikki hamyurtimiz barcha dasturlarda yuqori mahorat koʻrsatib, oltin va kumush medallarni boʻlishib olishdi. Yakunda chempionlik Nodir Norboyevga, kumush medal esa Zahiriddin Shokirovga nasib etdi.

