30 Iyul 2021 1841

Bekmurod Oltiboyev Olimpiadani yettinchi o‘rinda yakunladi

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining yakkalik bellashuvlari vakillarimiz uchun o‘z poyoniga yetdi. Eng og‘ir vazn toifasida kechgan bahsda Bekmurod Oltiboyev yurtimiz sharafini himoya qildi.

Ukrainalik Yakiv Xamnoga qarshi bronza medali uchun o‘tish bosqichida kechgan bellashuvda vakilimiz vazari bahosi bilan imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa u yakkalik bahslarini yettinchi o‘rinda yakunladi.

Ertaga aralash jamoaviy yo‘nalishda hamyurtlarimiz o‘z ishtiroklarini davom ettirishadi. Unda dastlabki raqibimiz Niderlandiya jamoasi bo‘ladi.

Text to speech