18 Noyabr 2025
145
Riyod-2025: Radmir Semeneyev bronza medali bilan taqdirlandi
Qilichbozlik boʻyicha bugungi bellashuvlarda ham oʻzbekistonlik sportchilar ajoyib ishtirok etishmoqda. Rapira boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi yarim final juftligida ikki nafar hamyurtimiz Ilyas Molina hamda Radmir Semeneyev oʻzaro toʻqnash kelishdi. Yakunda ushbu bahsda magʻlub boʻlgan Radmir bronza medaliga ega chiqdi. Final bahsida Ilyasga omad tilaymiz!
