30 Iyul 2021 2059

Rayhona Qodirova Tokio-2020 Olimpiadasida muvaffaqiyatli start oldi

Bokschimiz Rayhona Qodirova Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi dastlabki jangini o‘tkazdi. Qashqadaryolik bokschimiz unda Afrika vakilasiga qarshi bahs olib bordi.

Kongo DR vakilasi Yumba Naomiyega qarshi jang vakilimizning ustunligida o‘tdi va bu yakunda hakamlarning bahosida ham o‘z isbotini topdi. Endi Qodirova yarim finalga chiqish uchun amaldagi jahon chempioni braziliyalik Beatriz Ferreyraga qarshi ringga ko‘tariladi.

Text to speech