30 Iyul 2021 2114

O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitovni tabriklaymiz!

Uzoq yillardan beri o‘zbek sporti rivoji uchun katta xizmat qilib kelayotgan taniqli arbob, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov bugun tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Bahodir Maxsitovich Maxsitov 1948 yil 30 iyul kuni Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1976 yil Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. Bahodir Maxsitovich universitetni tamomlagach uzoq yillar sud-huquq tizimida, shu jumladan, Shayxontohur tumani va Toshkent shahar sudida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida bir necha lavozimlarda samarali mehnat qilgan. 1994-1995-yillar Toshkent viloyati Bo‘ka tumani hokimi, 1995-2002-yillar O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi bo‘lgan. 2002-2003-yillar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida ishladi. 2020-yil dekabrdan O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi lavozimida o‘zbek sporti rivoji uchun xizmat qilmoqda. U kishining uzoq yillik mehnati davlatimiz tomonidan “Mehnat shuhrati” ordeni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvonlari bilan mukofotlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bahodir Maxsitovni tavallud kuni bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech