17 Noyabr 2025 173

Yosh trampolinchilarimiz jahon chempionatida 4 ta medal qoʻlga kiritishdi

10-17-noyabr kunlari Ispaniyaning Pamplona shahrida trampolin boʻyicha turli yosh toifalaridagi jahon chempionati oʻtkazildi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 2 tadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻldi.

 Kumush medal:
Sardor Muhammadiyev, Husniddin Rahmoniddinov (batut, juftlik, U14)
Sardor Muhammadiyev (batut, yakkalik, U14)

 Bronza medal:
Jamshidbek Rahimov (akrobatik yoʻnalish, yakkalik, U12)
Jahongir Bahodirov, Elshodbek Mamayusupov (batut, juftlik, U11)

Text to speech