16 Noyabr 2025
195
Riyod-2025: Kunni taekvondochilarimizning 2 ta medali bilan yakunladik
Saudiya Arabistoni poytaxtida oʻtayotgan Islom birdamligi oʻyinlarining bugungi bellashuvlari yakunlandi. Unda Oʻzbekiston delegatsiyasi 1 tadan kumush va bronza medaliga sazovor boʻldi.
Kumush:
- Najmiddin Qosimhojiyev (taekvondo, -74 kg)
Bronza:
- Jahongir Xudoyberdiyev (taekvondo, -54 kg)

