12 Noyabr 2025
199
DIQQAT E`LON! O‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida doping-test tekshiruvi o‘tkaziladi
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi mamlakat Milliy Antidoping agentligi (UzNADA) bilan hamkorlik doirasida bir qator tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirgan.
Jumladan, 14-16 noyabr kunlari Andijon shahrida tashkil etiladigan o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida dzyudochilardan doping-test tahlillari olinadi. O‘zbekiston Milliy Antidoping agentligining ikki xodimi shu maqsadda Andijonga yo‘l olmoqda.
Shundan kelib chiqib, murabbiy va dzyudochilar, delegatsiya rahbarlaridan bu masalada e’tiborliroq bo‘lishlarini so‘raymiz. Zero, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining shiorlaridan bir – Biz dopingga qarshimiz! Aksincha, halol va shaffof sport tarafdorimiz!
Manba: judouz
