30 Iyul 2021 2021

Bekmurod Oltiboyev 2 karra Olimpiada sovrindorini musobaqadan chiqarib yubordi

Dzyudochimiz Bekmurod Oltiboyevning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki davom etadi. Bu gal hamyurtimiz ikki karra Olimpiya o‘yinlari sovrindorini mag‘lub etdi

Niderlandiyalik Xenk Grolga qarshi kechgan bellashuvda vakilimiz bu gal raqibini yarim daqiqaga ham olib bormadi. Oltiboyev yana o‘sha tizzada o‘tirib, raqibini ustidan oshirib tashlash usuli bilan ippon qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba unga chorak final eshigini ochdi. Endi u yarim final uchun Rio-2016 chempioni, chexiyalik Lukash Krpalek bilan ro‘baro‘ keladi.

Text to speech