MOQ rahbariyati hududlardagi qurilish va rekonstruksiya loyihalari bilan tanishdi
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati bugun mamlakatimiz hududlarida infratuzilmani takomillashtirish hamda sport inshootlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha taqdimoti bilan tanishdi. Unda har bir loyiha boʻyicha joriy holat, qurilish ishlarining bosqichlari va kelgusidagi rejalar haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Mutasaddilarga Olimpiya harakatini rivojlantirish va hududlar bilan ishlash departamenti direktori Jamol Yoʻldoshev amalga oshirilayotgan ishlar, ularning ahamiyati hamda hududlarda sport imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar haqida batafsil axborot berdi. Shuningdek, mazkur loyihalarning yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish va mamlakatimizda sportchilarning yangi avlodini yetishtirishdagi oʻrni alohida taʼkidlab oʻtildi.

