30 Iyul 2021 2363

Bekmurod Oltiboyev Olimpiadani g‘alaba bilan boshladi

Hamyurtlarimiz Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida navbatdagi kun bahslarini boshlab olishdi. Hozirgina eng og‘ir vazn toifasidagi polvonimiz Bekmurod Oltiboyev dzyudo bahslarining ikkinchi davrasiga yo‘l oldi.

Mo‘g‘ilistonlik Durenbayar Ulzibayarga qarshi kechgan qiziqarli bellashuvda vakilimiz ippon bahosi bilan ustun kelib, chorak final uchun kurashadigan bo‘ldi. Uning ushbu bosqichdagi raqibi niderlandiyalik Xenk Grol bo‘ladi.

Text to speech