10 Noyabr 2025 227

Chavandozlarimiz Dubay turnirida oltin va bronza medallariga ega chiqishdi

BAAning Dubay shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha CIS2* tasnifidagi xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. Unda qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari oltin va bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

140 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturida Abdurahmon Abdullayev “Otto van de Achterhoek” laqabli otida eng yuqori natijani qayd etdi. Terma jamoamiz yetakchilaridan Bekzod Qurbonov esa “Matts V.G.” bilan uchinchi oʻrinni egalladi.

Text to speech