9 Noyabr 2025
169
Riyod-2025: Adhamjon Ergashev oltin va kumush medallarga sazovor boʻldi
Oʻzbekiston delegatsiyasi gʻaznasi yana ikkita medal bilan boyidi. Ogʻir atletikachimiz Adhamjon Ergashev (-65 kg) siltab koʻtarish mashqida 170 kg bilan oltin, ikki kurash hisobida esa 304 kg bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Shu tariqa, hamyurtimiz ushbu musobaqada barcha turdagi medallarni oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi.

