9 Noyabr 2025 350

Sport tashkilotlarining rahbariyati bir davrada jam boʻlishdi

Riyod-2025 VI Islom birdamligi o‘yinlariga tashrif buyurgan O‘zbekiston delegatsiyasi rahbariyati musobaqa doirasida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida bir qator nufuzli sport tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Islom birdamligi sport assotsiatsiyasi (ISSA) Prezidenti, Saudiya Arabistoni Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari rahbari Shahzoda Abdulaziz bin Turki al Faysal, qolaversa, Butunjahon taekvondo WT federatsiyasi Prezidenti Chung Von Choi, Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi Prezidenti Muhammad Jalud, World Boxing Prezidenti Boris van der Vorst, Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) va Qatar Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti Tani ibn Abdulrahmon Al Quvari, Afrika Olimpiya qoʻmitalari Prezidenti Mustafa Berraf, Osiyo dzyudo federatsiyasi Prezidenti Obayd Al Anzi, ISSAga a'zo MOQlarning mutasaddi rahbarlari, Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi aʼzolari va boshqa koʻplab tashkilotlar mutasaddilari bilan kechgan uchrashuvlar shular jumlasidan.

Muloqotlar davomida sport sohasida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda xalqaro miqyosdagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvlar samimiy ruhda o‘tib, tomonlar o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish istagini bildirishdi.

Text to speech