8 Noyabr 2025
334
Delegatsiyamiz rahbariyati sportchi va murabbiylar bilan uchrashdi
Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbariyati Riyod-2025 VI Islom birdamligi oʻyinlarida ishtirok etayotgan sportchilarimiz joylashgan Atletlar shaharchasiga tashrif buyurdi. Tashrif chogʻida mutasaddilar delegatsiyamiz uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, sportchi va murabbiylar bilan samimiy muloqotda boʻlishdi.
Uchrashuv davomida mutasaddilar musobaqaning dastlabki kunida qoʻlga kiritilgan medallar bilan sportchilarimizni tabriklab, ularga kelgusi bellashuvlarda ham muvaffaqiyat va gʻalabalar tiladi. Shu tariqa, Oʻzbekiston jamoasi a’zolarining ruhiy tayyorgarligi va jipsligini yanada mustahkamlovchi iliq uchrashuv boʻlib oʻtdi.














