FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3 Noyabr 2025 1391

Bahrayn-2025 sovrindorlari taqdirlanishdi

Maʼlumki, joriy yilning 22-31-oktyabr kunlari Bahrayn mezbonlik qilgan III Osiyo yoshlar oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 37 ta oltin, 16 ta kumush va 28 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida mazkur musobaqada sovrindor boʻlgan sportchilar va ularning murabbiylariga davlat tomonidan koʻzda tutilgan bir martalik pul mukofotlari taqdim etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Sport boʻyicha vakili Odil Abduraxmanov, shuningdek, Sport vazirligi va MOQ rahbariyati, musobaqada shohsupaga koʻtarilgan sportchilarimiz va ularning yaqinlari ishtirok etishdi.

Rasmiylar yosh atletlarimizni qoʻlga kiritilgan muvaffaqiyat bilan qutlab, ularga kelgusi Oʻyinlarda ham omad tilashdi. Shuningdek, tantanali yopilish marosimida Osiyo yoshlar oʻyinlarining kelgusi mezboni sifatida topshirilgan Osiyo Olimpiya kengashi bayrogʻi MOQ binosiga oʻrnatildi.

Text to speech