29 Iyul 2021
2249
Muhammadkarim Xurramov kunni g‘alaba bilan boshladi
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining navbatdagi kuni boshlandi. Hamyurtlarimiz orasida birinchilardan bo‘lib dzyudochimiz Muhammadkarim Xurramov o‘z bellashuvini o‘tkazdi.
-100 kg vazn toifasida kurashayotgan vakilimizga dastlabki bosqichda irlandiyalik Benjamin Fletcher raqiblik qildi. Bellashuvda o‘zining yaqqol ustunligini namoyish etgan Xurramov vazari bahosi bilan bahs taqdirini o‘z foydasiga hal qildi. Endi u keyingi bosqichda yaponiyalik Aron Volfga qarshi tatamiga chiqadi.