28 Iyul 2021 2169

Davlat Bobonov Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori!

2020 yil O‘zbekistonning eng yaxshi sportchisi nomiga sazovor bo‘lgan dzyudochimiz Davlat Bobonov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritib, delegatsiyamizga ikkinchi medalni taqdim qildi.

-90 kg vazn toifasida kurashgan polvonimiz ushbu bosqichda turkiyalik Mixael Zgankka qarshi tatamiga chiqdi. G‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq va shijoat Bobonovni medal sari yetakladi. Uning ijrosidagi usul ippon bilan baholandi va ushbu g‘alaba Bobonovning sovrinlari jamg‘armasiga Olimpiada medalini ham qo‘shib qo‘ydi.

Shu tariqa, delegatsiyamiz Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi ikkinchi, dzyudo bellashuvlaridagi dastlabki medaliga sazovor bo‘lmoqda. Ushbu muvaffaqiyat bilan Davlat Bobonov, uning yaqinlari va O‘zbekiston dzyudo federatsiyasini qutlab qolamiz.

Text to speech